Chehralari kulib turgan kundeksan
Bugun go'yo oppoq atirguldeksan
Shu on sira senga qarab to'ymasman
Kelinliging bo'lsin muborak qizim

Shu so'zlarim qolsam yodingda
Qadam qo'ymoqdasan o'z hayotinga
Duodaman har kechayu kunduzim
Kelinliging muborak bo'lsin qizim
Bugun o'lan aytilmoqda sen uchun
Yor-yor kuyi chalinmoqda sen uchun
Ota uydan ketmoqdasan oy qizim
Baxting tomon yetmoqdasan jon qizim

Bugun o'lan aytilmoqda sen uchun
Yor-yor kuyi chalinmoqda sen uchun
Ota uydan ketmoqdasan oy qizim
Baxting tomon yetmoqdasan jon qizim