Sog'inadi o'g'il qizini
Qadrlaydi vatan tuzini
Yod aralash aytar so'zini
O'zga yurtda ishlab yurganlar
Nasibasin tishlab yurganlar

Yod aralash aytar so'zini
O'zga yurtda ishlab yurganlar
Nasibasin tishlab yurganlar

Telefondan uzolmas ko'zni
To'yib yemas gilos tarvuzni
Faqat sog'inch qiynaydi sizni

O'zga yurtda ishlab yurganlar
Bahorini qishlab yurganlar
Faqat sog'inch qiynaydi sizni
O'zga yurtda ishlab yurganlar
Nasibasin tishlab yurganlar

Borsam boshlarmikan deydi to'y
Elu yurtga so'yaman deb qo'y
Hayolida faqat yaxshi o'y
O'zga yurtda ishlab yurganlar
Bahorini qishlab yurganlar