Boshi toshdan bo’lsin erkakning doim
Bolasi och qolsa – qiyomat qoyim
Xotinning zahridan asra Xudoyim
Ko’chaga chiqadi tirikchilikda
Nimalar bo’lmaydi yigitchilikda

Kimgadir quchog’in ochadi bozor
Kimdir hunar bilar usta duradgor
Kirakashlik qilar mashinasi bor
Kimdir mehnat qilar sherikchilikda
Nimalar bo’lmaydi yigitchilikda

Qancha uzoqlarni yaqin qilasan
Tuproqni ham elab oltin qilasan
O’zingdan o’tganin o’zing bilasan
O’zingdan ketmagin bu to’qchilikda
Nimalar bo’lmaydi yigitchilikda

Aslida hayot ham bitta maktabdir
Hayotni o’rgatar katta maktabdir
Ahad shoir izlar do’stlar bir tadbir
Vohidjon ham kuylar sizga bir qo’shiq
Qo’shiq aytgani yo’q bir sho’xchilikda
Nimalar bo’lmaydi yigitchilikda

Ko’chaga chiqadi tirikchilikda
Nimalar bo’lmaydi yigitchilikda
Kimdir mehnat qilar sherikchilikda
Vo’y nimalar bo’lmaydi yigitchilikda