So'zlaringga ishondim foydalanding oson sevishimdan
Qani menga aytgin aybim nimada

Men shunga amin bo'ldim ayirding meni bor-u yo'g'imdan
Senga bera olganim sevgim kammidi
Kechagina samimiy edi yuzingda kulgular
Yuragingni qamrab olipti soxta tuyg'ular

Hayotingda faqatgina bitta men desam
Nahotki sevgimizdan ustunroq bo'ldi ular

Lek hech qachon yoningga qadam bosib bormayman
Sog'inganimni hech qachon senga bildirmayman
Qancha urunsam ham sensizlikka hech ko'nmayman
Unutding meni nahotki shunchalar tez

Unutding hayotimdagi yagona baxtim sen eding
Mendan o'zingni shunchaki oson ayirding

Hech ishongim kelmaydi sarob ekan barcha orzular
Shunchalar meni bog'lagandi ko'zlaring
Ko'zlar uyqu bilmaydi yolg'izlikda yana o'tar tunlar
Seni men chindan sevishimni bilmading