Osmonda qushlar uchganda
Sog`inib kelgan chog`larda
Hofiz qo`shig`in aytganda
Yo`llarga qarang yo`llarga
Go`zallikda oyning qizi

Sho`xliklarda soyning qizi
Bo`lar ekan kuydirmajon
Saroy degan joyning qizi
Yig`lama muhabbat yig`lama
Yoningda o`zim bo`laman
Yig`lama muhabbat yig`lama

Yonimda qol deb yig`lama
Uyingizning tomi baland
Derazasi romi baland
Sovchi qo`ysam kulishadi
Otangizning nomi baland
Go`zallikda oyning qizi
Sho`xliklarda soyning qizi

Bo`lar ekan kuydirmajon
Saroy degan joyning qizi
A-hey osmonda qator uchganda qushlar
Muhabbatim yig`lab ko`radi tushlar
Hamma sevganining qo`lidan ushlar
Hayot muhabbatning yo`liga boshlar
Sevganim boy o`tolmayman yonidan

Oltin yulduzlar yog`ilar osmonidan
Nima qilsam sen meniki bo`lasan
Uylari saroydek bo`lgan ey jonidan
Yig`lama muhabbat yig`lama
Yoningda o`zim bo`laman
Yig`lama muhabbat yig`lama
Yonimda qol deb yig`lama