Maxsharda bersalar shunday imkonni
Jannatga olib kel bitta insonni
O'ylamay tanlardim shukrona aytib
Qadrimga yetguvchi munis onamni

Onajonim sizni yaxshi ko'raman
Onajonim sizga sog'lik tilayman
Onajonim eng yaqin suyanganim
Yerdagi farishtam siz jonu tanim

Onajonim sizni yaxshi ko'raman
Onajonim sizga sog'lik tilayman
Onajonim eng yaqin suyanganim
Yerdagi farishtam siz jonu tanim

Hech narsa shirinmas onam so'ziday
Hech narsa porlamas onam ko'ziday
Hech narsa issiqmas onam bag'riday
Hech narsa arzimas onam qadriday

Onajonim sizni yaxshi ko'raman
Onajonim sizga sog'lik tilayman
Onajonim eng yaqin suyanganim
Yerdagi farishtam siz jonu tanim

Onajonim sizni yaxshi ko'raman
Onajonim sizga sog'lik tilayman
Onajonim eng yaqin suyanganim
Yerdagi farishtam siz jonu tanim