Qadrimni bir pulga sotgan odamlar,
Mehrimni chetlarga otgan odamlar,
Tubi yoʻq botqoqga botgan odamlar,
Ahir men sizlarni yaxshi koʻrardim...
Ibodat ichinda duolar qilib,
Yurardim sizlarni doʻst deya bilib,
Ketdingiz koʻzimga yoshlarni ilib,
Ahir men sizlarni yaxshi koʻrardim...

Bir kunlik doʻstlarim omonmisizlar,
Yo sizlar ham dili bemormisizlar,
Qalbi koʻr, dili yoʻq beormisizlar,
Ahir men sizlarni yaxshi koʻrardim...
Ochilganda omad eshigim nogoh,
Eh barcha ulfatim boʻlishgan ogoh,
Hozir qayerdasiz qaydasiz e voh,
Ahir men sizlarni yaxshi koʻrardim...

Bundayin razolat jondan oʻtarkan,
Qadrsizlik dilga tigʻdek botarkan,
Mening aybim doʻstlar, aybim ne ekan,
Ahir men sizlarni yaxshi koʻrardim...
Oqibat pullarga sotilgan zamon,
Insonga bir mehr boʻlarmu armon,
Botir Ali qadr kutmoqda hamon,
Ahir men sizlarni yaxshi koʻrardim...