Bilib tursang yomon
Sovib qolgan tuyg'ular
Yetaklasa jar tomon
Soxta o'sha va'dalar

Qaltiraydi qo'llaring
Bir so'z aytaolmasdan jim
Sog'indim bu ko'zlaring
Sovutdi mendan kim
Mayli unga bor
Mendan zo'r bo'lsa
Yuragim takror
Senga zor bo'lsa

Men qaytmayman
Afsuslanmayman
Ko'narman endi

Meni o'ylama
Men deb qayg'urma
Tinchlantirmay yo'q
Aslo urunma
Men yaxshiman
Hammasi joyida
Baxtli bo'l endi

Ishongansan afsus
Azoblarga maxkumsan
Qiynalasan hanuz

Taqdiringa ko'nasan
Eslama endi bekor
Yangilama dardlaring
Qiynalsak ham takror
Foydasi yo'q gaplaring
Mayli unga bor
Mendan zo'r bo'lsa
Yuragim takror
Senga zor bo'lsa

Men qaytmayman
Afsuslanmayman
Ko'narman endi

Meni o'ylama
Men deb qayg'urma
Tinchlantirmay yo'q
Aslo urunma
Men yaxshiman
Hammasi joyida
Baxtli bo'l endi

Bilaman sezaman
Go'yo majbursan
Izlaysan istaysan
Bahona topmaysan

Hammasi endi ayon
Ayrilamiz har tomon
Mayli unga bor
Mendan zo'r bo'lsa
Yuragim takror
Senga zor bo'lsa

Men qaytmayman
Afsuslanmayman
Ko'narman endi

Meni o'ylama
Men deb qayg'urma
Tinchlantirmay yo'q
Aslo urunma
Men yaxshiman
Hammasi joyida
Baxtli bo'l endi