Chin oshiqlar yolg’ondan
Qasamlar ichmaydilar
Kechishi mumkin jondan
Sevgidan kechmaydilar

Sinovdan qochmaydilar
Havasga uchmaydilar
O’zgani quchmaydilar
Sevgidan kechmaydilar

Yo’llarini to’ssang ham
Qo’llarini kessang ham
Bo’yniga dor tutsang ham
Sevgidan kechmaydilar

Sinovdan qochmaydilar
Havasga uchmaydilar
O’zgani quchmaydilar
Sevgidan kechmaydilar

Sevgi taftini tuyib
Kunda bittasin suyib
Juftini yolg’iz qo’yib
Sevgidan kechmaydilar
Qasamlar ichmaydilar

Deydiki oshiq Ahad
Sevgiga ko’nmoqlik shart
O’yin emasdir qismat
Sevgidan kechmaydilar

Chin oshiqlar yolg’ondan
Qasamlar ichmaydilar
Kechishi mumkin jondan
Sevgidan kechmaydilar