Bo`ri bo`lsang bo`riday bo`l
Bo`rilarning zo`riday bo`l
Gar uvlasang ko`kdan yulduz to`kilsin
Ohularning jon choklari so`kilsin

Agar bunday qila olmasang
Unda itga cho`riday bo`l
Burgut bo`lsang burgut bo`lgin
Qanot yozsang ko`kka to`lgin

Osmon sendan shiddat kutar
Changalingda tog`ni ko`tar
Agar shunday qila olmasang
Unda tamom bulut bo`lgin

Yigit bo`lsang yigit bo`lgin
Bo`ri ham sher burgut bo`lgin
Har bir so`zing qasaming bo`lsin
Mag`rib-mashriq qadaming bo`lsin

Agar shunday bo`la olmasang
Bir so`z dema sukut bo`lgin
Odam bo`lsang odami bo`lgin
Ahli iymon hamdami bo`lgin

Yaxshilarning yaxshisi bo`lgin
Yaxshilikning baxshisi bo`lgin
Agar shunday bo`la olmasang
Bu dunyoning bir kami bo`lgin

Bu dunyoning bir kami bo`lgin
Bo`ri bo`lsang bo`riday bo`l