Kuylayurman nomus bilan or bilan
Yurak to`la armon bilan zor bilan
Zor titragan qo`limdagi tor bilan
Kuyar bo`lsam kuydim ko`ngil ko`yida

O`zim hofiz sevgan yorim to`yida
Ko`ngil ichra go`yo gavhar topgandim
Topgunimcha ortidan zor chopgandim
Yillar hijron azobini totgandim
Shirin hislar qoldi anhor bo`yida
O`zim hofiz sevgan yorim to`yida
Oy yuz yor yig`latdingku zor-zor
Bevafo oy yuz yor yig`latdingku zor-zor

Aylab meni xor-xor dildor
Dilim vayron vayron ko`ngil koshonam
Torim yig`lar yig`lar sevgim nishonam
Taqdir ekan na qilay sho`r peshonam

Yolg`iz qolsam nahot hijron o`yida
O`zim hofiz sevgan yorim to`yida
Ko`ksim xanjar tilsa parvo qilmasdim
Biz g`aribdan yor kechganin bilmasdim
Bilganimda zar sochsalar kelmasdim
Tillo uzuk yaltiraydi qo`lida

O`zim hofiz sevgan yorim to`yida
Oy yuz yor yig`latdingku zor-zor
Bevafo oy yuz yor yig`latdingku zor-zor
Aylab meni xor-xor dildor