Tun yarim uyqu yo'q
Soat 12
Vujudimni qiynar
Yurak duk duki

Agar bilsang aytgin
Sayroqi ukki
Dunyoda men qancha
Yashayman yana

Agar bilsang aytgin
Sayroqi ukki
Dunyoda men qancha
Yashayman yana

Otam diydoriga
Sira to'ymadim
Onamning hidlarin
Ko'proq tuymadim

Hali sevilmadim
Hali sevmadim
Dunyoda men qancha
Yashayman yana

Dunyoda men qancha
Yashayman yana