O’rtoqlaring aytganda yor-yor
Dunyo senga hech bo’lmasin tor
So’zlarimga bo’lgin vafodor
O’shal kunni bir bor eslagin
Eslaganda faryod qilmagin

Bo’lg’usi yor senga boqqanda
Qo’llaringga uzuk taqqanda
Vafodorim vafodorim hech qilmang kanda
Vafodorim hech qilmang kanda
O’shal kunni bir bor eslagin

O’rtoqlaring dasta gul tutsa
Gulni hidlab bir bor eslagin
Bo’lg’usi yor bo’lg’usi yor sevaman desa
O’shal damda-ey bir bor eslagin
O’shal damda-ey faryod qilmagin

O’rtoqlaring aytganda yor-yor
Dunyo senga hech bo’lmasin tor
So’zlarimga bo’lgin vafodor
O’shal kunni bir bor eslagin
Eslaganda faryod qilmagin