Muhabbat men seni jonimdan sevgandim
Muhabbat men senga ko`nglimni bergandim
Muhabbat yolg`izim sevgilim degandim
Sen menga vafo qilmading

Men seni o`xshatdim oylarga
Qop-qora qoshingni yoylarga
Qaramay ming oh-u voylarga
Sen menga vafo qilmading

Va’dalar yolg`onga aylandi
Ishonchlar gumonga aylandi
Muhabbat armonga aylandi
Sen menga vafo qilmading

Muhabbat men seni jonimdan sevgandim
Muhabbat men senga ko`nglimni bergandim
Muhabbat yolg`izim sevgilim degandim
Sen menga vafo qilmading

Men seni o`xshatdim oylarga
Qop-qora qoshingni yoylarga
Qaramay ming oh-u voylarga
Sen menga vafo qilmading

Sevgandim sevilmay xor bo`ldim
Vaslingga yetolmay zor bo`ldim
Baxtsiz yoring yolg`iz men bo`ldim
Sen menga vafo qilmading

Muhabbat men seni jonimdan sevgandim
Muhabbat men senga ko`nglimni bergandim
Muhabbat yolg`izim sevgilim degandim
Sen menga vafo qilmading