Erkakcha gap – bitta gap
O`sha-o`sha gap
Qolgani bekor
Kelishilgan “договор”

Va’da bergandi va aldagandi
O`zining “авторитет”ini o`ylamagandi
Pulga sotilgandi yeb to`ymagandi
Kelishilgan qoidaga bo`ysunmagandi
Yo`qoladi oqibat orada munosabat
Sherigining “доля”siga qilganda xiyonat
Nafsi yomon odam boshingizga balo
Firibgarga gar bo`lsangiz mubtalo

Muammoni bartaraf har ikkala taraf
Birgalikda eski gap – gapligicha gap
“Договор дороже денег” dard kam kam ukam
Bizlarning tavakkal – “Erkakcha gap bitta gap”

Erkakcha gap – bitta gap
O`sha-o`sha gap
Qolgani bekor
Kelishilgan “договор”
Bori baraka bo`lamiz aka-uka
Lekin ikkala tomon kelishmagani yomon
Hamon qiynaydi masala ba’zi narsalar
Mana masalan pul orani buzadi nuqul

Kim bunda aybdor ha xabari bor
Odamlar qani gapiringlar kim
Odamlar jim o`zim uchun talashaman
Yo`q o`zga ilojim

Muammoni bartaraf har ikkala taraf
Birgalikda eski gap – gapligicha gap
“Договор дороже денег” dard kam kam ukam
Bizlarning tavakkal bizlarning tavakkal
Erkakcha gap – bitta gap
O`sha-o`sha gap
Qolgani bekor
Kelishilgan “договор”