Kun o`tar, yil o`tar,
Qalbim yig`laydi asta.
To`xtatma, eslatma,
Bag`rim sevgingdan xasta.
Hey, yorim,
Ayblangan faqat bir menman.

Zoringman xazonga belangan,
Bemakon, bag`ri qon, sevgida yongan.
Yoringman begona aylangan,
Ko`zingdan, so`zingdan o`zin qidirgan.

Kun – zulmat, tunlar – dard,
Yurak go`yo qafasda.
Chin sevgim, ishonchim
Bo`ldi qayg`udan dasta.
Hey, yorim,
Aldangan yolg`iz o`zimman.

Zoringman xazonga belangan,
Bemakon, bag`ri qon, sevgida yongan.
Yoringman begona aylangan,
Ko`zingdan, so`zingdan o`zin qidirgan.