Yashardim oddiy binoda
Xuddi oq-qora kinoda
Bir xilda sokin edi
Har kunim mening

Bir xilda tonglar otardi
Bir xilda kunlar botardi
Bir xilda o’tar edi
Bu umrim mening

Birdan yuragim bezovta urib
Aqlu-hushim yo’qotdim seni ko’rib
Meni maftun etding o’zgarib ketdi
Mening hayotim

Tunlar rang-barang kunlar rang-barang
Astagina shivirlab aytdim arang:
Meni maftun etding o’zgarib ketdi
Mening hayotim

Qalbim bir seni ko’rgani shoshar
Kutyapman ikki soatdan oshar
Kelmasang holim yomon bo’ladi mening

Keldingmi jonim va nihoyat
Bugun go’zaldirsan bag’oyat
Kayfiyatim ishon osmon bo’ladi mening

Birdan yuragim bezovta urib
Lahzada sevib qoldim seni ko’rib
Meni maftun etding o’zgarib ketdi
Mening hayotim