Yillar yildek o'tdi yeldi
Yorlik bo'lish paytim keldi
Onamga bir qizni jondan
Sevaman deb aytgim keldi

Birga o'ynar edik kunda
Goxi arg'umchoq gox qumda
Yoshlikda tortib olganim
Qo'g'irchog'i xamon menda

Uni unutmadim sira
Shirin qizcha edi biram
Bo'yi meni bo'ylarimga
Tenglashib ham qolgandira

Uni unutmadim sira
Shirin qizcha edi biram
Bo'yi meni bo'ylarimga
Yeta olmabdi xoziram
Yulduuz onam ko'z ostidagi qiz
Buni o'zi bilmaydi hanuz
Menga ham yoqadi yulduuz
Ishq degani yomon ekan
Yuraginga sanchib tikan
Azob berar hijrondan so'ng
Diydor bilan siylar ekan

Yulduzim uzun kokilli
Ko'ylak kiyib keldi gulli
Quvonib ketdi men kabi
Menda ko'ngli bor shekilli