Onam meni oppog`im deydi
Koshki edi tunda ko`rinsam
Onam meni mehribon deydi
Bir yilda bir shirin gapirsam

Onam meni bahorim deydi
To`rt fasldir yo`qlamasam ham
Onam meni “polvonim” deydi
Dardi-yukin ko`tarmasam ham

Toshbag`ir ekanman beshafqat o`g`il
Onajon o`g`lingda yo`q ekan ko`ngil
Barini angladim angladim bir-bir
Men Shohzamon beshafqat o`g`ilman o`g`il

Hoyu-havas ortidan chopib
Ko`cha-ko`ydan mehribon topib
Yuraverdim taralli-yallo
Yon atrofga baxtiyor boqib

Uyda eshik g`ichirlasa bas
Onam o`g`lim keldimu derkan
Men bormasam tonggacha kutib
“O`g`limning ishlari ko`p” derkan

Onam meni oppog`im deydi
Koshki edi tunda ko`rinsam
Onam meni mehribon deydi
Bir yilda bir shirin gapirsam

Onam meni “bahorim” deydi
To`rt fasldir yo`qlamasam ham
Onam meni polvonim deydi
Dardi-yukin ko`tarmasam ham

Toshbag`ir ekanman beshafqat o`g`il
Onajon o`g`lingda yo`q ekan ko`ngil
Barini angladim angladim bir-bir
Men Shohzamon beshafqat o`g`ilman o`g`il

Tushundingmi hayot ichimdan nimalar o`tadi
Tushundingmi hayot onam mendan nelar kutadi
So`raganim beraqolgin ko`p sinama bardoshim
Tishlarimni tishimga qo`ysam sinib ketadi

Onam meni oppog`im deydi
Koshki edi tunda ko`rinsam
Onam meni mehribon deydi
Bir yilda bir shirin gapirsam
Onam meni bahorim deydi
To`rt fasldir yo`qlamasam ham
Onam meni polvonim deydi
Dardi-yukin ko`tarmasam ham