Yorim senga bo'lgan
Sevgim tamom desa
Do'stim qo'lin siltab
Bo'lgin omon desa

Butun olam birday
Meni yomon desa
Ranjimayman baxtimga
Bir odam bor

Men yomonni yaxshi degan
Onam bor
Yuzimga loy ortimdan
Loy sochganlar ko'p

O'zni yaxshi meni
Yomon deganlar ko'p
Rost gap ekan do'stdan ko'ra
Dushmandlar ko'p

Shukur deyman
Baxtimga bir odam bor
Men yomonni yaxshi degan
Onam bor