Ko'nglimiz bitta yu yo'limiz boshqa
Daryoga yosh to'kdik bosh urdik toshga
Dard aytib kun o'tdi oyga quyoshga
Afsus yetolmadik

Baxt qushin ko'kdan yerdan izladim
Goh soyasin goho o'zin izladim
Kuchim yetmaganda senga aybladim
Ammo tutolmadikda

Taqdirim shu ekan chidab yashamoq
Alamli alamli haqoratiga
Men armon haqida aytaman qo'shiq
Bag'rim to'la dardlar asoratiga

Muhabbat dod solsa hijron quvondi
Hayot zanjir soldi oromim qoldi
Baxtga eltuvchi ko'priklar yondi
Hatto o'tolmadik

Taqdirim shu ekan chidab yashamoq
Alamli alamli haqoratiga
Men armon haqida aytaman qo'shiq
Bag'rim to'la dardlar asoratiga

Taqdirim shu ekan chidab yashamoq
Alamli alamli haqoratiga
Men armon haqida aytaman qo'shiq
Bag'rim to'la dardlar asoratiga