Dengiz bo'lsang sohilingda suzsam deyman
Sahro bo'lsang quchog'ingda kezsam deyman
Yoningda men borligimni sezsam deyman
Yolg'izginam

Aytgil menga ne sitamdin ko'zlaring nam
Ne jafodin yuragingda buncha alam
Osmonini topolmagan yulduzginam
Yolg'izginam

Nima qilay yoningda ham sog'inaman
Olislarga ketib qolsang og'rinaman
Bir bor boqsang aqlu-hushdan ayrilaman
Yolg'izginam

Sen ketganda dardim aytdim shamollarga
Ko'mildim menyolg'onlarga gumonlarga
Ko'z tikarman olis-olis tomonlarga
Yolg'izginam