Tunlar bedor seni o'ylayman
Visolingni bir zum ko'rmasam

Vujudimga sig'may ketaman
Shirin so'zlaringni eslasam

Hayollarim sen bilandur band
Senla menga kelar oliy baxt

Mayli kutay qancha bo'lsa vaqt
Sevsang agar menga ber darak

Yuragimdan senga berdim joy
O'zingdursan osmondagi oy

Izlaringga boqsam termulib
Quvonaman o'zimni ko'ri

Ko'ngil bog'im sen ila bahor
Dilimdagin men etay izhor

Qalbimdagi eng so'ngi qaror
Sen keragim o'zing betakror