Ayrildim ado bo'ldim
Kuyingda gado bo'ldim

Qaysi gunohlarimga
Men sendan judo bo'ldim

Ishq dardi yomon ekan
Hajri beomon ekan
Yetolmadim oy yuzim
Makoni osmon ekan

Alam alam yor alam
Yuragimda bor alam

Seni yo'qotgan kunim
Yig'ladim zor zor alam

Vasling edi armonim
Bir umrli hijronim
Kimlarga nasib etding
Ey ko'zlari jayronim
Ko'zlari jayronim

Sarson kezib ko'chalar
Yolg'iz qoldim kechalar

Lola yanoqlaringdan
Ololmadim bo'salar

Vasling edi armonim
Bir umrli hijronim
Kimlarga nasib etding
Ey ko'zlari jayronim

Alam alam yor alam
Yuragimda bor alam

Seni yo'qotgan kunim
Yig'ladim zor zor alam

Vasling edi armonim
Bir umrli hijronim
Kimlarga nasib etding
Ey ko'zlari jayronim