Sochimizga oq tushdi asta
Qirqdan oshdikmi biz bir pasda
Yaxshi yomon kunlarni ko'rdik
Kim tepada kim esa pastda

Eyyy yaxshi yomon kunlarni ko'rdik
Kim tepada kim esa pastda

Sochimizga oqlar yarashgan
Kimlar havas bilan qarashgan
Qirqdan oshgan bo'lsak bu zamon
Savlatimiz bor hali hamon
Eyyy qirqdan oshgan bo'lsak bu zamon
Savlatimiz bor hali hamon

Har bir ishda bosh-u qoshdamiz
Har kuni to'y har kun oshdamiz
Har bir ishda bosh-u qoshdamiz
Har kuni to'y har kun oshdamiz

Xudoyimga shukrlar bo'lsin
Hali qirchillagan yoshdamiz
Heyyy xudoyimga shukrlar bo'lsin
Hali qirchillagan yoshdamiz
Sochimizga oq tushdi asta
Qirqdan oshdikmi biz bir pasda
Yaxshi yomon kunlarni ko'rdik
Kim tepada kim esa pastda

Eyyy yaxshi yomon kunlarni ko'rdik
Kim tepada kim esa pastda