Qalbimda kuy bo`lib taralgan diyor
Istiqlol zavqini yaratding bir bor
O`zing yagonasan zo`r chiroying bor
Baxt to`la gul Vatan – O`zbekistonsan

Bayrog`ing boshingda xilpirar
Porlagay istiqlol mash’ali
Humo qush oy yulduz yaltirar
Qalqondir o`zbekning askari

Istiqlol mash’ali yongan Vatanim
Bayraming muborak mening jon-tanim
Quyosh kulib boqqan elimga har dam
An’ana to`ylarga to`liq chamanim

Bayrog`ing boshingda xilpirar
Porlagay istiqlol mash’ali
Humo qush oy yulduz yaltirar
Qalqondir o`zbekning askari