Oynadan yo'llarga qarayman
Lekin sendadir hayollarim
Esgan shamollardan
So'rayman seni
Qaydasan dildorim

Asta kun botib osmon uzra
Ko'rina boshlar yulduzlar
Balki sen ham yodga olarsan meni
Ko'zlar seni izlar

Dona dona sochlaringni
Shamol o'ynar
Dardli nola yuragimni
Hamon qiynar

Zora zora sog'inchimni
Sezasanmi jonim
Sen tomon boshlar
Meni yo'llar

Esingdami u go'zal oqshom
Biz birinchi bor uchrashgandik
Bir birimizdan ko'z uzolmay bir bor
Qanchalar baxtli edik

Dona dona sochlaringni
Shamol o'ynar
Dardli nola yuragimni
Hamon qiynar

Zora zora sog'inchimni
Sezasanmi jonim
Sen tomon boshlar
Meni yo'llar