Yana qancha yashayman
Yolg'iz Xudo biladi

Sog'inganga o'xshayman
Sizni ko'rgim keladi

O'ylab shirin orzuda
Tunim o'tmas osuda
Bilasizmi siz juda
Sizni ko'rgim keladi

Oy yuzlari yorqinim
Nigohlari chaqinim

Olisdagi yaqinim
Sizni ko'rgim keladi

Sizni ko'rgim keladi
Sizni ko'rgim keladi
Olisdagi yaqinim
Sizni ko'rgim keladi

Sizni ko'rgim keladi
Sizni ko'rgim keladi

Olisdagi yaqinim
Sizni ko'rgim keladi