Bugun mening tug'ilgan kunim
Do'stlarga kulib dedi jim
Osh yerkanmiz dedilar xurram
Choyxonada barcha bo'ldi jam

Dedi oldim men yangi ulov
Osh yerkanmiz dedilar darrov

Dedi ko'rdim jo'ralar farzand
Osh yerkanmiz dedilar xursand
Dedi ko'rdim jo'ralar farzand
Osh yerkanmiz dedilar xursand
Sabab bo'lib qancha bahona
Ancha oshlar yeyildi yana
Ulfatlari qosh ila ko'zdek
Osh yeb umr o'tkazar o'zbek

Qoldi oxir so'z demay yigit
Osh yerkanmiz dedilar jim jit

Borib kelib qabri boshiga
To'plandilar so'ngra oshiga
Borib kelib qabri boshiga
To'plandilar so'ngra oshiga