Mardlik mujassam yuzingizda
Tutib ulg'aydim qo'lingizdan
Men ham boray sizni yo'lingizdan
Ibrat olaman so'zingizdan

Panohim soyabon dardkashimsiz
Hammadan ko'ra sizsiz aziz
Qadrli insonim borim otam
Mehringiz o'zi katta olam

Buyuk odamim buyuk odamim buyuk odam
Siz menga qahramon bo'lib qolasiz doim dadam
Ulug' odamim ulug' odamim ulug' odam
Sizdek insonim borligiga shukur otam