Nima bo'ldi nimalar bo'ldi
Ikki yonga ketdik ayrilib

Ketarkanman qaragim keldi
So'ngi bora ortga qayrilib

Qaramading qarayolmadim
Egsam hamki mag'rur bu boshni
Hech ko'rsatgim kelmadi senga
Ko'zlarimga to'lgan ko'z yoshni

Qaytarib ber mehrni deysan
Bilmaysan qalb g'amdan tolganin

Pichirlayman shu kun xotirjam
Banda bermas Xudo olganin

Qaytarib ber mehrni deysan
Bilmaysan qalb g'amdan tolganin
Pichirlayman shu kun xotirjam
Banda bermas Xudo olganin