Oyoq ostim choxga to'ldi Xudojon
G'animlar ustimdan kuldi Xudojon
Hamma narsa bo'lsin har narsa bo'lsin
Onam yig'lamasa bo'ldi Xudojon

Oyoq ostim choxga to'ldi Xudojon
G'animlar ustimdan kuldi Xudojon
Hamma narsa bo'lsin har narsa bo'lsin
Onam yig'lamasa bo'ldi Xudojon
Olisda safarda bo'lganimda ham
Jonim ming xatarda bo'lganimda ham
Haliku omonman o'lganimda ham
Onam yig'lamasa bo'ldi Xudojon

Yaxshi ham yomon ham o'zingdan ravo
Dard brguvchi o'zing o'zingda davo
Qancha yig'latsa ham o'shal bevafo
Onam yig'lamasa bo'ldi Xudojon
Onam yig'lamasa bo'ldi Xudojon