Kimlarga yoqmaymiz
Kimga yoqamiz
Kimgadir tepadan
Pastga boqamiz

Bir chetda o'ziga
Yarasha xatolar
Hayot oqar biz ham
Birga oqamiz

Kimlar taqdir degan
So'zga yengilib
Barchasi taqdir deb
Chidab yashaydi