Qaldirg`ochning qanotimu qoshlaringiz
O`n oltimu o`n yettimu yoshlaringiz
Nigoh tashlang ko`taribon boshlaringiz
Kelmadingiz holim so`rab biror bora
Kelmadingiz kelmadingiz kelmadingiz
Holim so`rab biror bora kelmadingiz
Kelmadingiz kelmadingiz kelmadingiz
Kuydirmajon bag`ritoshim kelmadingiz

Oylar kutdim kunlar kutdim zor-zor kutdim
Bu dunyoni u dunyoni men unutdim
Yuragimni olma misol sizga tutdim
Kelmadingiz holim so`rab biror bora

Kelmadingiz kelmadingiz kelmadingiz
Holim so`rab biror bora kelmadingiz
Kelmadingiz kelmadingiz kelmadingiz
Kuydirmajon bag`ritoshim kelmadingiz

Ro`zi-maxshar ismingizni aytib turay
O`shangacha ko`changizdan o`tib turay
Siz unutgan rayhon shoxin o`pib yuray
Kelmadingiz holim so`rab biror bora
Kelmadingiz kelmadingiz kelmadingiz
Holim so`rab biror bora kelmadingiz
Kelmadingiz kelmadingiz kelmadingiz
Kuydirmajon bag`ritoshim kelmadingiz