Bugun o`zgacha qara
Biz kutgan o`sha sana
Go`yo qaytadan seni
Sevib qolyapman yana
Ko`zlaringda nur to`lib
Turarsan jim termulib
O`tgan kunlarni eslab
Quvonchdan ko`zyosh to`kib

Yoningdaman baxtimiz bo`ldi butun
Yoningdaman qiynaldik yillar uzun
Yoningdaman sen oppoq libosdasan
Betakror kulmoqdasan yonimda

Yoningdaman qo`yvormam endi seni
Yoningdaman sog`ingan baxtim meni
Yoningdaman biz uzoq kutgan bu kun
Yagona sevgim bugun yonimda yonimda
Qo`llaringni ber tutay
Sog`inchlarim unutay
Do`st-u dushman o`ngida
Baxt sari olib ketay

Atrofingda mahliyo
Malikalardek go`yo
Hamma havasla boqar
Baxtimiz bo`ldi ro`yo

Yoningdaman yig`lama endi sira
Yoningdaman yaxshi-yomon kuningda
Yoningdaman sen oppoq libosdasan
Betakror kulmoqdasan yonimda
Yoningdaman qo`yvormam endi seni
Yoningdaman sog`ingan baxtim meni
Yoningdaman biz uzoq kutgan bu kun
Yagona sevgim bugun yonimda