Karvon ko`rdim tuyalari bo`zlab kelar
Nor tuyada mening yorim rosa yig`lab kelar
Menga bergan va’dalari esdan chiqib
Ostonasi tillo yurtin ko`zlab kelar
Karvon yana kelar o`sha karvon

Karvon yana kelar o`sha karvon
Tarim-dadim-dey o tarim-dadim-dey o
O`sha karvon o`sha karvon
Karvon yo`li ketganicha qizg`aldoqzor
Yig`lamagin yig`lagandan dunyo bezor
O`ynab-o`ynab kulib-kulib ketavergin
G`amga o`zim xaridorman o`zim bozor