Qaro qoshing qalam qoshing
Qiyiq qayrilma qoshing qiz
Qildi qalbimga qasd qayrab

Qilich qotil qarashing qiz
Qafasda qalb qushin qiynab

Qanot qoqmoqqa qo’ymaysan
Qarab qo’ygil qiyo qalbimni
Qizdirsin quyoshing qiz