Yog'ayotgan yomg'ir emas ko'zdagi yoshlari
Yolg'onlaringdan to'ldi sabru bardoshlari
So'zinga ishonibman o'zinga ishonibman
Xato qilibman sendek bevafoni o'zimga yaqin bilibman

Bo'ldi qil yig'lama yig'lama yig'lama yurak
Afsuski unga sen emas boshqasu kerak
Bo'ldi qil yig'lama yig'lama yig'lama yurak
Afsuski unga sen emas boshqasu kerak

Sevganim xatomi bu dard bedavomi
Yoki jonimdan o'rtiq ko'rganimga jazomi
Endi bilmab netay qayerlarga ketay
Iloji bormi aytinglar sevgimni unutay

Begonamiz endi ayrilamiz endi
Yo'llarimiz boshqa ekan ne qilamiz endi
Sevgining shartiga ayriliq dardiga
Yuragim ko'nmayabdi xiyonat zarbiga

Bo'ldi qil yig'lama yig'lama yig'lama yurak
Afsuski unga sen emas boshqasu kerak
Bo'ldi qil yig'lama yig'lama yig'lama yurak
Afsuski unga sen emas boshqasu kerak