So'liyotgan daraxt
Yomg'ir yog'ishini kutar
Shubhasiz hecham shubhasiz
Qalbimning hazon hazon fasli
Bahorga aylana olmaydi sensiz
Sening vaslingsiz

Kelsang gullar ochilar
Bosgan qadamlaringda birma bir
O' birma bir
Seni bag'rimga bosib
Qo'yib yubormas edim bir umr bir umr

Sevaman men sog'inib sog'inib
Har soniya sen tomon talpinib
Shamollardan qizg'anib yashirib
Seni asrayman avaylagayman
Sevaman men sog'inib sog'inib
Goho sur'ating bilan ovunib
Yomonlardan yashirib qizg'anib
Seni asrayman avaylagayman