Atirgulim atringni soch
Mayli tikan xoring bo`lay
Ko`z tegmasin bo`yingga deb
Tilovchi zor-zoring bo`lay

Mayli bo`lay ko`zmunchog`ing
Bo`yningda tumoring bo`lay
Yiroq ketma ketsang agar
Yo`lingda sardoring bo`lay
Boring bo`lay yo`g`ing bo`lay
Yoningdagi yoring bo`lay

Yig`lamagin yig`latmagin
Dunyoda yolg`iz o`tmagin
Sevdim deya kuylay yonib
Hargiz meni bo`zlatmagin

Har dam yoningda o`lturay
Ket deb sira ham aytmagin
Ko`zlar yonib yuzlar qizib
Aytgan so`zingdin qaytmagin

Bog`la bo`yningga qo`llarim
Mayliga zunnoring bo`lay
Boring bo`lay yo`g`ing bo`lay
Yoningdagi yoring bo`lay

Boring bo`lay yo`g`ing bo`lay
Yoningdagi yoring bo`lay (x2)

Mayli deyin axtarsinlar
Sendek go`zal dunyoda yo`q
Qoshlar qalam ko`zlar suzuk
Lablar asal dunyoda yo`q

Sensiz jahonning o`zi yo`q
She’ru g`azal dunyoda yo`q
Kelgin davo ber dardima
Mendek kasal dunyoda yo`q

Dunyoga teng husning uchun
Yolg`iz xaridoring bo`lay
Boring bo`lay yo`g`ing bo`lay
Yoningdagi yoring bo`lay

Boring bo`lay yo`g`ing bo`lay
Yoningdagi yoring bo`lay
Sochingda qasding bormidi
Janon kesibsan ostidan
Tuproqqa ketdi to`lg`anib
G`addor qaychining dastidan

Erkakcha qirtishlab uni
Ro`ymol yulindi ustidan
Nozik beling bo`ldi judo
Qirqta haqiqiy do`stidan

Erkakcha tekislab uni
Ro`ymol yulindi ustidan
Nozik beling bo`ldi judo
Qirqta haqiqiy do`stidan

Soch o`rnida endi o`zim
Mayliga dastoring bo`lay
Boring bo`lay yo`g`ing bo`lay
Yoningdagi yoring bo`lay

Boring bo`lay yo`g`ing bo`lay
Yoningdagi yoring bo`lay