Javoblarsiz qolgan ojiz savollar
Yo`llaring poylagan ko`zlarim toldi
Ming turfa ko`chada kezib xayollar
Senga aytolmagan so`zlarim qoldi
Yuragimni azoblab sinadingmi yo aytgin
Ketib mendan yiroqlab qiynadingmi yo aytgin
Aytgin rostini aytgin bir zum o`zingga qaytgin
Bilmay sevgim qimmatin o`ynadingmi yo aytgin

To`qib yolg`on ertaklar uydirarding cho`pchaklar
Dilim etib ermaklar o`ynadingmi yo aytgin

Achinmaysan holimga javob ber savolimga
Tegaverib jonimga to`ymadingmi yo aytgin
Ko`zim senga qadalgan ishqim borim atalgan
Mening qadrim avvaldan bilmadingmi yo aytgin