Sensiz bu xayollarim daydi-daydi
Qani ko`zim yumib ochsam unutsaydim
Qani bir soniyaga mayli-mayli
Senga to`yib olish nasib etsaydi

Ayt nima-nima bo`ldi senga
Meni umuman hatto yo`qlamay qo`yding
Nima bo`ldi senga
Bundan battarroq dilimni atay o`yding

Mehring atalar kimga
Uxlamay tunlar o`ylanib savol bilan
Aylandim hech kimga
Nahot sen uchun hech kimga

Ko`zlar kutishdan bora to`ydi-to`ydi-to`ydi
Sog`inchim dilim o`ydi-o`ydi-o`ydi
Umidim negadir uzilmaydi
Yuragim nega-negadir ko`nikmaydi

Sensiz bu xayollarim daydi-daydi
Qani ko`zim yumib ochsam unutsaydim
Qani bir soniyaga mayli-mayli
Senga to`yib olish nasib etsaydi

Bir qara-qara ko`zlarimga
Sog`inchlarimni nahotki his etmading
Qara ko`zlarimga
Kerakligimni nahotki hech sezmading

Kelolmadim o`zimga
Kechalar tinmay o`ylanib savol bilan
Bog`lab qo`yding o`zingga
Nega bog`lading o`zingga

Ko`zlar kutishdan bora to`ydi-to`ydi-to`ydi
Sog`inchim dilim o`ydi-o`ydi-o`ydi
Umidim negadir uzilmaydi
Yuragim nega-negadir ko`nikmaydi

Sensiz bu xayollarim daydi-daydi
Qani ko`zim yumib ochsam unutsaydim
Qani bir soniyaga mayli-mayli
Senga to`yib olish nasib etsaydi