Tunim bedor uxlasam ham namoyon tushda ham
Yoddan ketmas qayg`uda yoki har kulishda ham
Har bir ishda ham
Dil so`zim bor aytolmayman so`zlagim kelsa ham
Men baxtliman bir bora nazar solib qo`ysa ham
U soxta bo`lsa ham

Noz-noz nozi bor qiz bolaning nozi bor-ey
Noz-noz nozi bor balki dilda rozi bor-ey
Sevgim bilarmu yoki sezarmu
Balki sezib turib u ham jim yurarmu

Noz-noz nozi bor qiz bolaning nozi bor-ey
Noz-noz nozi bor balki dilda rozi bor-ey
Sevgim bilarmu sezib turarmu
Balki bilib qolib ustimdan kularmu

Kunim o`tar aylanaverar har xil xayollar
Aytay deyman yo`l qo`ymaydi shubhayu gumonlar
Yana savollar
Bir bor ko`rsam go`yo butun olam menga kular
Vaqti kelar bir kun albatta sevishim bilar
Va rozi bo`lar