Armonlari taxmoniga taxlangan gul
Nozik ko`ngil cho`g`lar aro dog`langan gul (x2)
Orzulari saroblarga aylangan gul
Sevilmagan kelinchak sevilmagan kelinchak (x2)

Chimildig`in chekkasida umid yig`lar
Ko`z oldida ming nasihat o`git yig`lar (x2)
Qay hovlida ko`ngil bergan yigit yig`lar
Sevilmagan kelinchak sevilmagan kelinchak
Ikki vujud birlashmasa olovlarda
Ishq yonmasa visol degan qalovlarda
Boshginasi qoldi qanday balolarga
Sevilmagan kelinchak sevilmagan kelinchak

Boshginasi qoldi qanday balolarga
Sevilmagan kelinchak sevilmagan kelinchak
Salom berar yarqiratib tillaqoshin
Paranjida kim ham ko`rar ko`zda yoshin (x2)
Qarg`ab qo`yar sovchi bo`lgan qarindoshin
Sevilmagan kelinchak sevilmagan kelinchak

Majnuntolga dars bo`ladi bo`ying sening
Quyoshlarga dars beradi ro`ying sening
Allalarga to`lib ketsin uying sening
Sevilmagan kelinchak sevilmagan kelinchak