Man
Nozlaringga borman
Sevgimga iqrorman
Tanho senga yorman
Rashk
Qilaman gullardan
Yulduzli tunlardan
Hattoki o‘zimdan

Men bilan qololsang
Yolg‘izim bo‘lolsang
Baxtiyor etaman
Men
Chin yoring bo‘lishning
Baxtingni ko‘rishning
Harakatidaman

Xayrlashamiz asta
Sog‘inaman birpasda
Shulardan ko‘ngil xasta
Sen go‘zalsan orasta
Hamma bizga havasda
Bizni ayri etmasin taqdir
Dil istar
O‘zimda yo‘q ixtiyorim
Olaqol senikidir yo‘g‘u borim

Rashk ichimni yoqadi
Ko‘zdan yosh oqadi
Jon ozor topadi
Gar kelmasang yonimga
Kuymasang jonimga
Dard eshik qoqadi