Vatan – ona me’rosdir ota me’rosdir
Uni jonday asramoq mardlarga xosdir
Manguberdiman mangu aytmog`im – rostdir
Ulug`vor niyatlarga kor qilmas ajal
Kim yurtidan yovni quvsa mendirman o`sha

Vatan uchun ko`ksim tog` qalqondir sha’nim
Uni desa shamolday uchqur samanim
Bor bo`lsam chamanimdir o`lsam kafanim
Manguberdilik menga taqdiri azal (x2)

(Kim yurtidan yovni quvsa) mendirman o`sha
(Kim yurtiga sodiq tursa) mendirman o`sha
Mendirman o`sha…

(Kim yurtidan yovni quvsa) mendirman o`sha
(Kim yurtiga sodiq tursa) mendirman o`sha (x2)
Mendirman o`sha…

Yurtim har qarich yeri orimdan ulug`
Suygan farzandlarimdan yorimdan ulug`
Nada or nada yor borimdan ulug`
Ming jondan bu tuproqning har gardi afzal

(Kim uni ko`zga sursa) mendirman o`sha
(Kim uni ko`zga sursa) mendirman o`sha
Mendirman o`sha…

Yovning xushbo`y guli ham alafdir menga
Yurtim ham go`yo Ka’ba tarafdir menga
Turon arsloni bo`lmoq sharafdir menga
Yigit uchun vatan deb yashamoq go`zal (x2)

(Kim yurtidan yovni quvsa) mendirman o`sha
(Kim yurtiga sodiq tursa) mendirman o`sha (x3)
Mendirman o`sha…

Kun keladi yovlarning bog`i so`lgaydir
Vatanim hurlik degan baxtga to`lgaydir
Kun kelar eng buyuk davlat bo`lgaydir
Millionlab “Manguberdi” bo`lar u mahal

Qay ona o`g`il tug`sa mendirman o`sha
Qay ona o`g`il tug`sa mendirman o`sha
(Kim yurtidan yovni quvsa) mendirman o`sha
(Kim yurtiga sodiq tursa) mendirman o`sha…