Kulishimni sog‘indi kimlar
So‘lishimni sog‘indi kimlar (2x)
Yonishimni kutganlar ham bor
Sinishimni sog‘indi kimlar (2x)
Kulishimni sog‘indi kimlar
So‘lishimni sog‘indi kimlar
Kulishimni sog‘indi kimlar

Do‘stingman –deb choh qazdilar oh
Men u joyga sig‘madim biroq (2x)
Goho ayol makriga uchdim
Goh ko‘ngilning og‘usin ichdim (2x)
Kulishimni sog‘indi kimlar

Egik boshim sog‘indi kimlar
Ko‘zda yoshim sog‘indi kimlar (2x)
O‘lishimni kutganlar ham bor
Bo‘lishimni sog‘indi kimlar (2x)

Foniy dunyo havasidan kech
Yolg‘onlarning hammasidan kech
Gul ayollar ko‘ngilxushliklar
Tiriklayin go‘ringga tiqar (2x)