Oy kabi qoshimda
Parvonam onam
Oftobdek mehrda
Yagonam onam
Boshimga tilla toj
Ko'nglimga taskin
Bu kun ko'nglimda
Shukronam onam

Boshimga tilla toj
Ko'nglimga taskin
Bu kun ko'nglimda
Shukronam onam

Oltin kumush asli
Tosh bo'lar ekan
Onasizning ko'zi
Yosh bo'lar ekan
Onasi bor doim
Yosh bo'lar ekan
Mehr ummonida
Durdonam onam

Onasi bor doim
Yosh bo'lar ekan
Mehr ummonida
Durdonam onam