Nargiz chehra oromijon ko`zlaringni yashirma
Senga bo`lsin jonim qurbon ko`zlaringni yashirma

Tortinmasdan bergil javob ko`zlaringni yashirma
Sof sevgingni tutib pinhon ko`zlaringni yashirma
Payvasta qosh kiprigi o`q sen mohitob janona
Har sohada malohatda o`zingmishsan yagona

Senga nogoh ko`zim tushsa malaksiymo marjona
Qalbim siri bo`lgay oshkor ko`zlaringni yashirma

Ijozat ber sening bilan birlikda suray davron
Har boqishing dilga orom ko`zlaringni yashirma
Bir boqishing dilga orom ko`zlaringni yashirma

Sizga atab g`azal yozsam misralar keldi ravon
Surishaylik birga davron ko`zlaringni yashirma
Ko`zlaringni yashirma