Yurak dog'in ketmaydigan joylar bor
Allohgacha yetib borgay nolalari
Qon yig'laydi onasiga bo'lishib zor
Mehribonlik uylarining bolalari

Dod soladi mehr emas alam yutib
Turolmaydi bir daqiqa o'zin tutib
Zorlanadi onasini bir kun kutib
Mehribonlik uylarining bolalari